locale OZ

Ramush: «Hamma narsaga tayyor ekanimizni ko‘rsatdik»

"PSJ" tarixda ketma-ket ikki mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan ikkinchi klubga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ramush: «Hamma narsaga tayyor ekanimizni ko‘rsatdik»
ФОТО: Getty images

"PSJ" hujumchisi Gonsalu Ramush UEFA Chempionlar ligasi finalidagi jamoasining g‘alabasi haqida fikr bildirdi. Hal qiluvchi o‘yinda parijliklar Londonning "Arsenal"ini mag‘lub etishdi (1:1, pen. 4:3). O‘yin Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo‘lib o‘tdi.

"Juda qiyin bo‘ldi. Biz irodali jamoamiz va hamma narsaga tayyor ekanimizni ko‘rsatdik. Men hujumchiman va har doim penalti tepishga tayyorman, garchi bu eng birinchi zarba bo‘lsa ham. Men ana shunday muhim daqiqalarda maydonda bo‘lishni xohlardim", — deya Ramushning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA rasmiy sayti.

"PSJ" tarixda ketma-ket ikki mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan ikkinchi klubga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting