Ramus APLga yo'l olishi mumkin
Photo: Getty Images
“PSJ” hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik 24 yoshli forvard xizmatiga “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Aston Villa” va “Nyukasl” klublari PSJning 24 yoshli hujumchisi Gonsalu Ramushga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, “Liverpul” “Nyukasl” hujumchisi Aleksandr Isak transferi bo‘yicha muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, mersisaydliklar Ramushni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.
O‘tgan mavsum barcha turnirlarda 46 o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist