locale OZ

Ramos «Sevilya»ni sotib olishi mumkin — manba

Hozirda futbolchining yuristlari klubning moliyaviy hisobotlarini o‘rganmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ramos «Sevilya»ni sotib olishi mumkin — manba
FOTO: Getty Images

Ispaniya futboli afsonasi Serxio Ramos Five Eleven Capital bilan hamkorlikda «Sevilya» klubini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Cadena Ser nashri Carrusel Deportivo’ga tayanib xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Andalusiya klubini 450 million yevroga xarid qilmoqda. Qayd etilishicha, hozirda Ramos o‘z yuristlari bilan birga klubning moliyaviy hisobotlarini o‘rganmoqda. Ushbu jarayon bir necha oy davom etishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatsiz natijalar aksiyadorlarni «Sevilya»ni sotish haqida qaror qabul qilishga majbur qilgan. Avvalroq Ramos 2003–2005 yillarda, shuningdek, 2023/2024 yilgi mavsumda «Sevilya» safida futbolchi sifatida to‘p surgan.

39 yoshli Serxio Ramosning so‘nggi klubi Meksikaning «Monterrey» jamoasi bo‘lib, u joriy yil dekabr oyining boshida klubni tark etgan. Avvalroq Ramos professional futbolchilik faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting