locale OZ

Ramos «Milan»ga o'tishi mumkin

Futbolchining vakillari himoyachining xizmatlarini “Milan”ga taklif qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ramos "Milan"ga o'tishi mumkin
ФОТО: Getty images

Meksikaning “Monterrey” klubida to'p surayotgan ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar berdi.

Manbada yozilishicha, futbolchi 2025 yil oxirida Meksika klubini tark etadi, biroq Ramos hozircha faoliyatini yakunlash niyatida emas. Uning asosiy maqsadi — 2026-yilgi Jahon chempionatida qatnashish.

Futbolchining vakillari himoyachining xizmatlarini “Milan”ga taklif qilgan.

39 yoshli futbolchi joriy yilning fevral oyidan beri Meksikaning “Monterrey” klubida to'p surmoqda. U shu vaqtgacha 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol muallifligiga erishgan. Transfermarkt portali Ramosning qiymatini 1 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting