Ramos Fransiya klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin
Serxioning o‘zi poytaxt jamoasi loyihasiga unchalik ishonmayapti.
ФОТО: Getty images
“Real” va “PSJ” klublari sobiq himoyachisi Serxio Ramos Yevropa futboliga qaytishi kutilmoqda.
Footmercato nashrining xabar berishicha, 39 yoshli futbolchi va poytaxtning “Parij” klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Futbolchi avvalroq “Nitsa” klubi bilan muzokara o‘tkazgan, biroq tomonlar kelishuviga erishilmadi.
Ramosning o‘zi poytaxt jamoasi loyihasiga unchalik ishonmayapti.
Avvalroq Serxio Ramos nomi “Manchester Yunayted”, “Milan” va “Nitsa” klublari bilan bog‘langan edi. Biroq hozircha tomonlar o‘rtasida aniq muzokaralar bo‘lib o‘tganicha yo‘q.
Ma’lumot uchun, uning so‘nggi klubi Meksikaning “Monterrey” jamoasi hisoblanadi. U mazkur klubni 2025 yil dekabr oyida tark etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist