locale OZ

Ramos bugun «Sevilya»ning egasiga aylanishi mumkin

Kelishuv qiymati 450 million yevroni tashkil etishi xabar qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ramos bugun «Sevilya»ning egasiga aylanishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Sevilya»ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos klubning egasi bo‘lish arafasida turibdi.

COPE ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli olib borilmoqda va kelishuv tuzish ehtimoli ancha yuqori baholanmoqda. Ramos investitsiya kompaniyasi Five Eleven Capital bilan birgalikda klubning hozirgi aktsiyadorlari bilan muzokaralarda ishtirok etmoqda. Manbaning xabar berishicha, so‘nggi kelishuv hujjatlari allaqachon bugun rasmiylashtirilishi mumkin.

Avvalroq OAVda «Sevilya»ni sotish summasining taxminan 450 million yevroga teng ekani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. Shuningdek, hozirgi aksiya egalari allaqachon bu bitimga avvaldan rozilik bildirgan.

Serxio Ramos — Andalusiya klubi tarbiyalanuvchisi. U «Sevilya» asosiy jamoasi safida 2003–2005 yillarda o‘ynagan va keyin 2023/2024 mavsumida yana klubga qaytgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting