Ramazon oyi sababli JCh-2034 musobaqasi 2035-yilda o‘tkazilishi mumkin
Bunday holatdagi mundial 2022 yilda Qatarda ham bo‘lib o‘tgan.
ФОТО: Getty images
2034-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini 2035-yilda o‘tkazish ehtimoli bor. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 2034-yilda Ramazon oyi noyabr va dekabr oylariga to‘g‘ri kelgani sababli, turnirning ushbu muqaddas oy bilan to‘qnash kelmasligi uchun FIFA tomonidan uni 2035-yil boshiga ko‘chirish taklifi ko‘rib chiqilmoqda.
FIFA prezidenti ham bu borada ish olib borilayotganini ta’kidladi. Bunday holatdagi mundial 2022 yilda Qatarda ham tashkil etilgan edi. Farqli o‘laroq, o‘shanda mintaqaning iqlim sharoiti, ayniqsa jazirama issiqlik sabab bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi Jahon chempionati 2026-yilda AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist