locale OZ

Rakitich “Barselona” Chempionlar Ligasini yutishiga ishonmoqda

Xorvatiyalik sobiq yarim himoyachining fikricha, jamoaning hozirgi tarkibi Yevropaning bosh sovrinini qo‘lga kiritish uchun yetarli salohiyatga ega.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rakitich “Barselona” Chempionlar Ligasini yutishiga ishonmoqda
Foto: Getty Images

“Barselona”ning sobiq futbolchisi Ivan Rakitich kataloniyaliklarni 2026/27-yilgi Chempionlar Ligasining asosiy da’vogarlaridan biri deb hisoblamoqda. Xorvatiyalik sobiq yarim himoyachining fikricha, jamoaning hozirgi tarkibi Yevropaning bosh sovrinini qo‘lga kiritish uchun yetarli salohiyatga ega. Bu haqda The Touchline tayanib xabar berdi.

Rakitich “Barselona”ning asosiy ustunligi sifatida yosh va sifatli futbolchilarning uyg‘unligini ta’kidladi. Uning fikricha, aynan joriy mavsum kataloniyaliklar uchun Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.

Rakitichning o‘zi ham “Barselona”ning so‘nggi Chempionlar Ligasi g‘alabasida muhim rol o‘ynagan. 2015-yilda Berlinda “Yuventus”ga qarshi o‘tgan finalda xorvatiyalik futbolchi hisobni ochgan, kataloniyaliklar esa uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Chempionlar Ligasi va Yevropa Chempionlar kubogini jami besh marta — 1992, 2006, 2009, 2011 va 2015-yillarda qo‘lga kiritgan. Jamoa o‘tgan mavsum turnirning chorak finalida “Atletiko”ga imkoniyatni boy bergan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting