locale OZ

Rahimjon Davronov “Andijon” aʼzosiga aylandi

“Andijon” klubi seleksiya jarayonidagi yana bir transferini ajoyib darvozabon - Rahimjon Davronov orqali amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rahimjon Davronov “Andijon” aʼzosiga aylandi
photo: Andijon fk

“Andijon” klubi seleksiya jarayonidagi yana bir transferini ajoyib darvozabon - Rahimjon Davronov orqali amalga oshirdi.

"Mavsumni “Lokomotiv” tarkibida oʻtkazib Superligaga chiqishida katta hissa qoʻshgan posbon jamoamiz bilan kelishuvga erishdi.

Maʼlumot uchun, 1996-yiling 3-oktyabr sanasida Muborakda tavallud topgan. Faoliyatini “Mashʼal”da boshlagan. Soʻngra “Buxoro”, “Navbahor”, “Turon”, “Metallurg” hamda “Lokomotiv” darvozalarini qoʻriqlagan. U joriy mavsumda “Loko” safida 23 ta oʻyin oʻtkazdi.

Oʼz vaqtida Oʼzbekiston U23 safida Osiyo chempionligiga sazovor boʼlgan.

Yangi mavsumda Davronovning “Andijon”dagi faoliyatiga omad tilaymiz.

Rahimjon, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting