Rahim Sterling hibsga olindi
«Manchester Siti» va «Chelsi» klublarining sobiq hujumchisi Raxim Sterling avtomobilni narkotik modda taʼsirida boshqarganlikda gumonlanib, huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olindi. Angliyaning toʻrt karra chempioniga tegishli mashina ichidan taqiqlangan moddalar topilgan. Futbolchining oʻzi esa tibbiy koʻrikdan oʻtishni rad etgan. Bu haqda shov-shuvli The Sun nashri xabar tarqatdi.
Manbaning bildirishicha, voqea Sterling oʻzining Lamborghini avtomobilida avariyaga uchraganidan soʻng sodir boʻlgan. Hodisada boshqa transport vositalari ishtirok etmagan, jabrlanganlar yoʻq. Taʼkidlanishicha, ayni damda Gollandiyaning «Feyenoord» klubi sharafini himoya qilayotgan hujumchi surishtiruv ishlari yakunlangunga qadar garov evaziga qoʻyib yuborilgan.
Sterlingga yaqin boʻlgan manbalar futbolchining hayotida hozirda jiddiy «muammolar» va qiyinchiliklar borligini qayd etishmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2026 yilning yanvar oyida «Chelsi» klubi futbolchi bilan hamkorlikni toʻxtatgan edi. Fevral oyida esa u «Feyenoord» bilan shartnoma imzoladi. Niderlandiya chempionatida u 8 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.