locale OZ

Rafinyaning jarohati klub va terma jamoalar o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirdi

Avvalroq Braziliyalik futbolchi mavsum yakunlanishiga ikki oy qolganda jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinyaning jarohati klub va terma jamoalar o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» klubi braziliyalik hujumchi Rafinyaning terma jamoa ixtiyorida jarohat olganidan so‘ng o‘z e’tirozlarini bildirdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Klubning noroziligiga ikkita asosiy sabab ko‘rsatilgan. Birinchidan, o‘yinlarning o‘ta tig‘iz grafigi va taqvimning zichligi. Klub mutasaddilari mavsum yakunlanishiga bor-yo‘g‘i ikki oy qolgan bir vaqtda xalqaro tanaffus va o‘rtoqlik o‘yinlari nima uchun kerakligini tushunishmayapti.

Ikkinchi sabab — Braziliya va Fransiya o‘rtasidagi bahsning AQSHda (Boston) o‘tkazilganidir. Vaholanki, ushbu terma jamoalarning aksariyat futbolchilari Yevropa klublari sharafini himoya qilishadi va bunday uzoq parvozlar futbolchilarning jismoniy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuni ta’kidlash joizki, klub futbolchining o‘ziga yoki Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga nisbatan hech qanday salbiy munosabat bildirmagan. Norozilik asosan o‘yinlar tashkilotchilariga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni, 27 martda «Barselona» Rafinyaning o‘ng oyog‘i son qismida jarohat borligini tasdiqladi. 29 yoshli futbolchining tiklanish muddati taxminan besh haftani tashkil etishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting