Rafinya: «Yamal «Oltin to‘p»ni katta farq bilan olishi kerak»
«Barselona» sardori Rafinya Dias joriy yilgi «Oltin to‘p» sovriniga kim munosib ekanini aytdi.
Braziliyalik futbolchining o‘zi 30 nafar nomzoddan iborat yakuniy ro‘yxatdan o‘rin olmagan. Biroq «Barselona»ning uch futbolchisi — Lamin Yamal, Pau Kubarsi va Rodri Ernandes sovrin uchun nomzodlar qatorida.
Jurnalist Rafinyadan Lamin Yamal joriy yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishini so‘radi.
«Odamlar uning o‘yinini tomosha qilish uchun istalgan miqdorda pul to‘lashga tayyor. Men ham buning uchun pul to‘lashga tayyor bo‘lardim, ammo o‘zim maydonga tushaman. Shuning uchun uni maydondan kuzatish yanada yoqimli.
Boshqa futbolchilardan uzr so‘rayman, ammo men uchun hammasi mutlaqo aniq: Lamin katta farq bilan eng yaxshi. U sovrinni qo‘lga kiritishi kerak», — dedi Rafinya The Touchline nashriga bergan intervyusida.
«Oltin to‘p» sohibi 26-oktyabr kuni e’lon qilinadi. O‘tgan yili Lamin Yamal ovoz berish yakunlariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egallagan va Usmon Dembelega imkoniyatni boy bergan.