locale OZ

Rafinya takliflarga qaramay «Barselona»da qolmoqchi

Braziliyalik futbolchi 2022-yildan buyon kataloniyaliklar safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya takliflarga qaramay «Barselona»da qolmoqchi
FOTO: Getty Images

Braziliyalik yarimhimoyachi Rafinya, oʻziga kelib tushgan manfaatli takliflarga, jumladan, Saudiya Arabistonidan boʻlgan chorlovlarga qaramay, «Barselona»ni tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Oʻtgan yili Rafinya «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirgan edi, biroq uning shartlari jamoaning boshqa asosiy oʻyinchilariga taklif qilinganidan pastroq hisoblanadi. Futbolchi kelishuv shartlari qayta koʻrib chiqilishidan umidvor, ammo ayni damda klub bunday oʻzgarishlarga tayyor emas.

«Barselona» oʻz rejalarini Rafinyaning jamoadagi ishtirokini hisobga olgan holda tuzmoqda. Futbolchining ehtimoliy sotuvi esa faqat keyingi yozda — uning shartnomasi tugashiga bir yil qolganida koʻrib chiqilishi mumkin. Shuningdek, muzokaralar jarayoniga oʻyinchining Braziliya terma jamoasi safida olgan jarohati ham taʼsir koʻrsatdi va bu yangi kelishuv muhokamasini sekinlashtirdi.

Maʼlumot uchun, Rafinya 2022-yilning iyul oyida «Barselona» safiga kelib qoʻshilgan edi. Transfermarkt portali futbolchini 70 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting