locale OZ

Rafinya: «Oxirgi o‘yindan keyin charchaganim rost, bu tabiiy hol, chunki u juda ogʻir bahs edi»

«Barselona» hujumchisi «Nyukasl»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z holati haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya: «Oxirgi o‘yindan keyin charchaganim rost, bu tabiiy hol, chunki u juda ogʻir bahs edi»
FOTO: Getty Images

«Barselona» vingeri Rafinya Chempionlar Ligasi doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi bo‘lajak uchrashuv oldidan jismoniy holati borasida fikrlarini bildirdi.

Fabritsio Romanoning xabar berishicha, braziliyalik futbolchi o‘zini yaxshi his qilmoqda:

«Men ba’zi jamoadoshlarim kabi charchab qolganim yo‘q. Kichik jarohatim sababli tiklanish jarayonida bo‘lganim uchun dam olishga vaqtim yetarli edi. Oxirgi o‘yindan keyin charchaganim rost, bu tabiiy hol, chunki u juda og‘ir bahs edi».

Eslatib o‘tamiz, «Barselona»ning «Atletik Bilbao»ga qarshi o‘yinida (1:0) Rafinya zaxiradan maydonga tushib, 62-daqiqada Markus Rashfordni almashtirgandi.

«Barselona» va «Nyukasl» o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi uchrashuvi 10 mart kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting