locale OZ

Rafinya “O‘rgimchak odam” uslubidagi gol nishonlashini izohladi

Rafinyaning so‘zlariga ko‘ra, u golni aynan o‘g‘li uchun shu tarzda nishonlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya “O‘rgimchak odam” uslubidagi gol nishonlashini izohladi
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Rafinya “Elche”ga qarshi uchrashuvda gol urganidan keyin “O‘rgimchak odam” uslubida nishonlagani sababini tushuntirdi.

Braziliyalik futbolchi bu harakati orqali “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvaresga ishora qilmaganini aytdi. Rafinyaning so‘zlariga ko‘ra, u golni aynan o‘g‘li uchun shu tarzda nishonlagan.

Rafinya “Elche” ustidan 5:0 hisobidagi g‘alabada ikkita gol urdi. Uchrashuvda “Barselona” yangi mavsumni ishonchli tarzda boshladi.

Avvalroq Rafinyaning nishonlashi Alvaresga ishora sifatida talqin qilingan edi. Argentinalik hujumchi “O‘rgimchak” laqabiga ega va gollarini aynan shu qahramon uslubida nishonlashi bilan tanilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting