locale OZ

Rafinya Norvegiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi – Globo

Shu sababli mutaxassislar uning maydonga qaytishiga shoshilmaslikka qaror qilishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya Norvegiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi – Globo
ФОТО: Getty images

Braziliya terma jamoasi vingeri Rafinya 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 finalida Norvegiyaga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Globo nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi Gaitiga qarshi uchrashuvda olgan mushak jarohatidan hali to‘liq tiklanmagan. Rafinya hozircha terma jamoaning umumiy mashg‘ulotlariga qaytmagan.

Braziliya terma jamoasi tibbiy shtabi futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamayapti. Shu sababli mutaxassislar uning maydonga qaytishiga shoshilmaslikka qaror qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya 1/16 finalda Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionatining 1/8 finaliga yo‘l olgan edi. Endi «selesao» chorak final yo‘llanmasi uchun Norvegiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting