locale OZ

Rafinya: «Men har doim eng yaxshi formamga qaytishga intilaman»

«Barselona» hujumchisi tanqidlarga javob berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya: «Men har doim eng yaxshi formamga qaytishga intilaman»
FOTO: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Rafinya joriy mavsumdagi o‘yini borasidagi tanqidlarga munosabat bildirdi. Kataloniyaliklar so‘nggi uchrashuvda «Oviedo»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va ushbu bahsda Rafinya gol muallifi bo‘ldi.

«13 ta o‘yinda sakkizta gol urgan bo‘lsam, siz hali ham meni o‘tgan mavsumdagidek darajada emas deb hisoblaysizmi? Men har doim o‘zimning eng yaxshi formamga qaytishga intilaman», — deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi Barca Blaugranes.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Rafinya 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol va uchta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Braziliyalik futbolchi 2022 yildan buyon «Barselona» safida to‘p surib kelmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting