locale OZ

Rafinya «Jirona»ga qarshi oʻyinda maydonga qaytishi mumkin

Braziliyalik hujumchi jarohati sabab soʻngi uchta oʻyinni oʻtkazib yubordi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya «Jirona»ga qarshi oʻyinda maydonga qaytishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Barselona» vingeri Rafinya Ispaniya La Ligasining 24-turi doirasidagi «Jirona»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda. Shu bilan birga, hujumchi Markus Reshford ushbu bahsni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Uchrashuv 16 fevraldan 17 fevralga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar»ning braziliyalik futbolchisi asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarga kirishgan. Shunga qaramay, uning mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlashi so‘roq ostida. Reshford esa chap tizzasidagi noqulaylik sababli o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

29 yoshli braziliyalik futbolchi jarohati sababli oxirgi uchta o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. Joriy mavsumda u 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting