Rafinya jarohati sabab safdan chiqdi
Klub bu xabarni tasdiqladi.
ФОТО: Getty images
Braziliya terma jamoasi va “Barselona” klubi yetakchisi Rafinya jarohati tufayli jamoasining “Albasete”ga qarshi Ispaniya kubogi chorak final uchrashuvida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, futbolchining o‘ng son mushagida cho‘zilish tashxisi qo‘yilgan. Ehtiyot chorasi sifatida Rafinya kubok bahsini o‘tkazib yuboradi va bir haftalik tiklanish davrini o‘taydi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Rafinya “Barselona” safida barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist