locale OZ

Rafinya: “Faoliyatimni “Barselona”da yakunlamoqchiman”

Braziliyalik futbolchi amaldagi shartnomasini yana uzaytirishga va imkon qadar faoliyatining qolgan qismini “Barselona”da o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
Rafinya: “Faoliyatimni “Barselona”da yakunlamoqchiman”
Foto: Getty Images

“Barselona” hujumchisi Rafinya kelajagini Kataloniya klubi bilan bog‘lash niyatida ekanini ma’lum qildi. Braziliyalik futbolchi amaldagi shartnomasini yana uzaytirishga va imkon qadar faoliyatining qolgan qismini “Barselona”da o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda RAC1 xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Rafinya 2028-yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomasini imzolaganida 30–31 yoshga kelib jismoniy holati qanday bo‘lishini bilmaganini aytgan. Biroq yangi mavsumdagi yuqori sport formasi unga yana bir necha yil yuqori saviyada o‘ynay olishiga ishonch bergan. Shu sabab futbolchi “Barselona” bilan hamkorlikni yanada uzoq muddatga davom ettirishga qarshi emas.

“Ha, shartnomamni yana biroz uzaytirishni va boshqa klubga o‘tmasdan faoliyatimni shu yerda yakunlashni istardim”, — deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi manba. “Barselona” sport direktori Deku ham avvalroq klub braziliyalik hujumchining o‘yinidan mamnun ekanini va uning 2028-yildan keyingi kelajagi bo‘yicha muzokara olib borishni istashini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, Rafinya 2026/27-yilgi mavsumni juda yuqori sur’atda boshladi. U dastlabki 5 ta uchrashuvning barchasida gol urib, 8 ta gol qayd etdi, “Rasing”ga qarshi 7:2 hisobidagi bahsda esa xet-trik muallifiga aylandi va mavsumdagi gollari sonini 11 taga yetkazdi. Braziliyalik futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting