Rafinya Chempionlar Ligasining 1/4 final bosqichi oʻyinlarini oʻtkazib yuborishi mumkin
«Barselona» qanot hujumchisi Rafinya Braziliya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida (1:2) olgan jarohati sababli Chempionlar Ligasining 1/4 final bahslarini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, vinger sonning ikki boshli mushagidan jarohat olgan. Agar mushaklarning uzilishi tasdiqlansa, braziliyalik futbolchi 8 va 14 aprel kunlari «matraschilar»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda katta ehtimol bilan maydonga tusholmaydi.
Joriy mavsumda Rafinya klub safida barcha turnirlar doirasida 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 19 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.