locale OZ

Rafinya «Barselona»dan ikki baravar maosh talab qilmoqda

Rafinyaning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Rafinya «Barselona»dan ikki baravar maosh talab qilmoqda
ФОТО: Getty images

«Barselona» vingeri Rafinya klub bilan yangi mehnat shartnomasi borasida muzokara olib bormoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi maoshini ikki baravar oshirishni talab qilmoqda. Agar «Barselona» futbolchining shartlariga rozi bo‘lmasa, Rafinyaning boshqa variantlari ham bor.

Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchining xizmatlariga «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Al-Hilol» klublari qiziqish bildirmoqda. Ushbu jamoalar Rafinyaga «Barselona»dagidan yuqoriroq maosh taklif qilishga tayyor.

Rafinyaning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda u Ispaniya chempionatida samarali o‘yin ko‘rsatmoqda. Uning hisobida 9 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting