Rafinya “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirdi
Braziliyalik futbolchi klub bilan 2028 yilgacha shartnoma imzoladi
Photo: Getty Images
Braziliyalik vinger Rafinya Dias “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirdi.
Kataloniya klubi 28 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi. U 2028 yilgacha mo‘ljallangan bitimga imzo chekdi.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda klub va terma jamoa safida 38 ta gollik ishtirokni qayd etdi. Shuningdek, 23 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi.