locale OZ

Rafinya APL gigantlariga rad javobini berdi — u “Barselona”da qoladi

raziliyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan yangi to‘rt yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Rafinya APL gigantlariga rad javobini berdi — u “Barselona”da qoladi
Foto: Getty Images

“Barselona” hujumchisi Rafinya Dias kelajagi borasida qaror qabul qildi. Braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan yangi to‘rt yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan va klubda 2030-yilgacha qolishi kutilmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 2026-yil davomida Rafinyaga Angliya Premyer-ligasining barcha olti grandi — “Arsenal”, “Chelsi”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va “Tottenhem” qiziqish bildirgan. Ular orasida ayniqsa “Tottenhem” yozgi transfer oynasida braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun faol harakat qilgan.

Biroq Rafinyaning o‘zi “Barselona”ni tark etishni istamagan. APL klublari va Saudiya Arabistonidan bo‘lgan da’vogarlarga futbolchi Kataloniyada qolishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan. Hansi Flik ham Rafinya bilan yangi shartnoma tuzishni klub rahbariyatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilagan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Rafinya joriy mavsumni juda kuchli boshladi — u barcha musobaqalarda 8 ta uchrashuvda 14 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchi so‘nggi ikki uchrashuvning o‘zida ikkita xet-trik qayd etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting