Rafinya: «Agar men oʻng qanotda oʻynasam, hech narsa kutmang. Chunki men Yamal emasman»
«Barselona» hujumchisi Rafinya Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida Madridning «Real» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bizda La Ligada matematik jihatdan g‘olib chiqish imkoniyati bor, shuning uchun bizga hech kim hech narsani sovg‘a qilmaydi. Agar g‘alaba qozonsak — yana chempionlikni nishonlaymiz.
Agar men o‘ng qanotda o‘ynasam, favqulodda narsa kutmang, chunki men Lamin Yamal emasman», — deya Rafinyaning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.
Ispaniya chempionatining 34 ta o‘yinidan so‘ng, «Barselona» 88 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridning «Real» jamoasi esa 77 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, chempionatning o‘tgan turida Hans-Diter Flik shogirdlari «Osasuna»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Alvaro Arbeloa boshqaruvidagi madridliklar «Espanyol»dan ustun kelishgan edi (2:0).