locale OZ

Raffale Palladino «Atalanta» bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqarildi

Shuningdek, uning shtabi ham lavozimidan ozod etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Raffale Palladino «Atalanta» bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqarildi
FOTO: Getty Images

Bergamoning «Atalanta» klubi bosh murabbiyi Raffaele Palladino egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Italiyalik mutaxassis bilan birga uning shtabida faoliyat yuritgan assistentlari — Stefano Chitterio, Federiko Peluzo, Fabio Korabi, Nikola Riva, Mattia Kazella, Andrea Ramponi va Andrea Berti ham A Seriya klubini tark etgan.

«Atalanta» klubi Raffaele Palladino va uning shtabiga fidokorona mehnati uchun minnatdorchilik bildiradi hamda kelgusi faoliyatida omad tilaydi», — deyiladi klub rasmiy saytida eʼlon qilingan bayonotda.

Eslatib oʻtamiz, Palladino oʻtgan yilning noyabr oyida serbiyalik Ivan Yurich isteʼfoga chiqarilgach, «Atalanta» boshqaruvini qoʻlga olgan edi. Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda Bergamo jamoasi Italiya chempionatini 7-oʻrinda yakunladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting