locale OZ

Rafael Nadal Lamin Yamalga hayotiy maslahat berdi

Soʻnggi vaqtlarda ispaniyalik futbolchiga nisbatan tanqidlar kuchaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafael Nadal Lamin Yamalga hayotiy maslahat berdi
FOTO: Getty Images

O‘tgan yili faoliyatini yakunlagan afsonaviy tennischi Rafael Nadal «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasining 18 yoshli superist’dodi Lamin Yamolga muhim maslahat berdi.

Movistar+ning «Universo Valdano» dasturiga bergan intervyusida u jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biriga qanday tavsiya berishini aytib o‘tdi.

Nadalning so‘zlarini Mundo Deportivo quyidagicha keltiradi:

«Unga chin dildan yordam bermoqchi bo‘lgan odamlar yonida bo‘lishi muhim. Shuningdek, muvaffaqiyatli sportchilar eshitishni yoqtirmaydigan gaplarni ham qabul qila olish darajasida dono bo‘lishi kerak».

Sobiq tennischining ta’kidlashicha, Yamal atrofida unga faqat yaxshilik tilaydigan va kerak bo‘lsa, yoqimsiz bo‘lsa-da, haqiqatni ayta oladigan odamlar bo‘lishi zarur.

Nadal, shuningdek, dunyoning eng muhokama qilinayotgan yosh futbolchilaridan biri uchun ortib borayotgan mashhurlik va media bosimiga qaramay, «yerda qolish va haqiqatdan uzoqlashmaslik» eng muhim omil ekanini urg‘uladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting