locale OZ

Rafael Leau “Milan”dan “Aston Villa”ga o‘tishga yaqin

Futbolchining o‘zi ham yangi jamoaga o‘tishga qarshi emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafael Leau “Milan”dan “Aston Villa”ga o‘tishga yaqin
Foto: Getty Images

“Milan” vingeri Rafael Leau faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. “Aston Villa” portugaliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va hozirda “Milan” bilan transfer bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsioga tayanib, “Chempionat” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Birmingem klubi transferning moliyaviy shartlarini kelishishga faol harakat qilmoqda. Hozirgi vaziyatda Leauning “Milan”ni tark etishi avvalgi davrlarga qaraganda ancha ehtimolli ko‘rinmoqda. Futbolchining o‘zi ham yangi jamoaga o‘tishga qarshi emas.

Leau “Milan” safida 2019-yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. U shu vaqt ichida barcha musobaqalarda 293 ta uchrashuvda maydonga tushib, 80 ta gol urgan va 55 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchining “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Hozircha tomonlar transfer bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishgani rasman e’lon qilinmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting