locale OZ

Rafael Benites faoliyatini Gretsiya chempionatida davom ettirishi mumkin

Ispaniyalik mutaxassisga 2,5 yillik shartnoma va yiliga 5 million yevro miqdorida maosh taklif etilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafael Benites faoliyatini Gretsiya chempionatida davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Liverpul», «Napoli» va bir qator boshqa klublarni boshqargan ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites «Panatinaikos» bosh murabbiyi etib tayinlanishiga yaqin turibdi. Bu haqda Sport24.gr nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 65 yoshli mutaxassis hozirda Afinada boʻlib, klub xoʻjayini va prezidenti Yannis Alafuzos bilan muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar shartnomaning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilayotganlari aytilmoqda.

Benitesga 2,5 yillik shartnoma va yiliga 5 million yevro miqdorida maosh taklif etilgan. Hozircha faqat rasmiy hujjatlarni imzolash masalasi qolgan.

Eslatib oʻtamiz, Benitesning soʻnggi ishlagan jamoasi «Selta» boʻlib, u bu klubni 2023 yilning iyulidan 2024 yilning martigacha boshqargan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting