locale OZ

Rabiot \"Milan\"ga o'tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rabiot "Milan"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

“Milan” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘z jamoasiga “Marsel” yarim himoyachisi Adrien Rabiotni qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Gianluca Di Marzio xabar berdi.

Qayd etilishicha, “rossonerilar”ning yangi bosh murabbiyi “Yuventus”dagi faoliyati tufayli fransiyalik futbolchini yaxshi biladi.

Futbolchi istalgan vaqtda “Marsel”ni tark etishi mumkin. Agar yaxshi taklif bo‘lsa, fransiya klubi uni qo‘yib yuborishga tayyor.

O‘tgan mavsum Adrien Liga 1 dagi 29 uchrashuvda 9 ta gol urdi va 4 ta assist muallifi bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting