locale OZ

Quvondiq Ro‘ziyev — «Navbahor» futbolchisi

Tajribali yarim himoyachi 4 yillik tanaffusdan so‘ng, yana qadrdon jamoasiga qaytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Quvondiq Ro‘ziyev — «Navbahor» futbolchisi
Фото: Навбаҳор ПФК

Tajribali yarim himoyachi Quvondiq Ro‘ziyev jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.

Quvondiq Ro‘ziyev – 1994 yil, 6 oktyabrda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.
Futbolchilik faoliyati davomida “Lokomotiv” (Toshkent, 2014, 2016 yillar, 2017 yilning 1-davrasi), “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon, 2015 yil, 2017 yilning – 2-davrasi, 2018-2020 yillar, 2022 yil), “Navbahor” (Namangan, 2021 yil), “Turon” (Yaypan, 2023 yilning 1-davrasi), “Pahang” (Malayziya, 2023-2024 yillar), “Neftchi” (Farg‘ona, 2024 yilning 2-davrasi – 2025 yil) jamoalarida to‘p surgan.

Yutuqlari: Oltin medal sohibi (2016, 2025 yillar), kumush medal sohibi (2014 yil), O‘zbekiston kubogi sohibi (2014, 2016 yillar).

Shuningdek, 2019 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi va bosh jamoamiz tarkibida 6 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Yakunlangan mavsumda farg‘onaliklar safida Superliga hamda O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 1288 daqiqa harakat qilgan holda, 3 ta golga assistentlik qildi va “Neftchi”ning uzoq yillik tanaffusdan so‘ng, yakunlangan mavsumdagi chempionligiga munosib hissasini qo‘shdi.

Tajribali yarim himoyachi 4 yillik tanaffusdan so‘ng, yana qadrdon jamoasiga qaytdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting