locale OZ

Quvayt futzal terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra yopiq tarzda o‘tkaziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Quvayt futzal terma jamoasi Toshkentga yetib keldi
Фото: Ўзбекистон футзали

Osiyo kubogi–2026 musobaqasiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston futzal terma jamoasi Quvayt terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvi o‘tkazadi.

Bugun tongda Quvayt milliy terma jamoasi delegatsiyasi poytaxtimiz — Toshkent shahriga yetib keldi. Mehmonlar Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda kutib olinib, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Terma jamoalar markaziga joylashtirildi.

Rejaga muvofiq, bugun har ikki jamoa mashg‘ulotlar o‘tkazadi. O‘rtoqlik-nazorat uchrashuvlari esa 16 hamda 18-yanvar kunlariga rejalashtirilgan bo‘lib, tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida:
27-yanvar — 7-fevral kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi final bosqichida O‘zbekiston S guruhida Yaponiya, Avstraliya va Tojikiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Quvayt terma jamoasi esa B guruhida Tailand, Vyetnam va Livan jamoalari bilan kuch sinashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting