locale OZ

Qubok bahsida ishonchli g‘alaba

O‘zbekiston ayyollar kubogi-2026” musobaqasining 1/16 final bosqichida “Mash’al-W” jamoasi safarda “Sho‘rtan-W”ga qarshi maydonga tushib, ishonchli g‘alabaga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qubok bahsida ishonchli g‘alaba
photo: Mash'al fk

Qubok bahsida ishonchli g‘alaba

O‘zbekiston ayyollar kubogi-2026” musobaqasining 1/16 final bosqichida “Mash’al-W” jamoasi safarda “Sho‘rtan-W”ga qarshi maydonga tushib, ishonchli g‘alabaga erishdi.

Uchrashuv davomida qizlar tashabbusni o‘z qo‘llarida ushlab turishdi va raqib darvozasiga ikki bor yo‘l topishdi. Hisob 28-daqiqada Mashxura Umarovaning aniq zarbasidan so‘ng ochilgan bo‘lsa, birinchi bo‘limning 41-daqiqasida Fayyoza Samandarova jamoamizning ustunligini yanada mustahkamladi.

“Sho‘rtan-W” 0:2 “Mash’al-W”
Gollar.

28' — Mashxura Umarova
41' — Fayyoza Samandarova

Ushbu g‘alaba orqali “Mash’al-W” jamoasi mamlakat kubogining 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi.
Endi qizlarimizni navbatdagi muhim bahs kutib turibdi. 2026 yil 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan 1/8 final uchrashuvida “Mash’al-W” o‘z maydonida “So‘g‘diyona-W” jamoasini qabul qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting