locale OZ

Qozogʻistonlik UFC jangchisi bir yilga diskvalifikatsiya qilindi

Uning qonida taqiqlangan modda borligi aniqlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qozogʻistonlik UFC jangchisi bir yilga diskvalifikatsiya qilindi
Qozogʻistonlik UFC jangchisi bir yilga diskvalifikatsiya qilindi

Eng yengil vazn toifasidagi(57 kg gacha) qozog‘istonlik UFC jangchisi Alibi Idiris muvaffaqiyatsiz topshirilgan doping-test natijasiga ko‘ra bir yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Idirisning qonidan gidroxlorotiazid moddasi topilgan. Bu modda dorixonalarda sotiladigan diuretik bo‘lib, sportchilar odatda vazn tashlash jarayonini tezlashtirish uchun undan foydalanadilar. Mazkur taqiqlangan modda sportchining fevral oyida bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 267 turniridagi ishtirokidan bir necha kun avval olingan tahlil namunalarida aniqlangan.

Alibi Idiris hozirda 31 yoshda. Qozog‘istonlik sportchi professional aralash yakkakurash (MMA) ustasi sifatida 2019 yilda debyut qilgan bo‘lsa, 2025 yildan buyon UFC sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning mazkur nufuzli tashkilotdagi hisobida hozircha bitta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting