locale OZ

Qozog‘istonlik 19 yoshli futbolchi o‘yin vaqtida vafot etdi

Dias Tuleu 2006 yilning 4-may sanasida tug‘ilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qozog‘istonlik 19 yoshli futbolchi o‘yin vaqtida vafot etdi
Фото: Sport.kz

Qozog‘iston chempionati birinchi liga vakili “Khan-Tengri” klubi hujumchisi Dias Tuleu vafot etdi. Bu haqda Qozog‘iston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Futbolchi “Khan-Tengri” hamda “Ekibastuz” o‘rtasidagi o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan.

Biroq ikkinchi bo‘limda o‘zini yomon his qilgani bois, maydondan zambilda olib chiqilgan. Tibbiyot xodimlari zudlik bilan futbolchiga yordam ko‘rsatishga harakat qilgan.

Shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, Dias Tuleuni hayotga qaytarib bo‘lmagan.

“Bu og‘ir damlarda Diasning oilasi, yaqinlari va “Khan-Tengri” jamoasiga chuqur hamdardlik bildiramiz. Uning xotirasi yuragimizda mangu saqlanib qoladi”, deyiladi federatsiya bayonotida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting