locale OZ

Qozog‘istonlik 17 yoshli Dastan Satpayev “Chelsi” safida debyut qiladi

17 yoshli hujumchi London klubining mavsumoldi yig‘iniga jalb qilindi va murabbiylar shtabi uni navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qozog‘istonlik 17 yoshli Dastan Satpayev “Chelsi” safida debyut qiladi
Foto: Getty Images

Qozog‘iston futbolining eng iqtidorli yoshlaridan biri Dastan Satpayev “Chelsi” safidagi ilk uchrashuvini o‘tkazishga yaqin turibdi. 17 yoshli hujumchi London klubining mavsumoldi yig‘iniga jalb qilindi va murabbiylar shtabi uni navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.

Satpayev yoz boshida “Chelsi” mashg‘ulotlariga qo‘shilgan bo‘lib, jamoa bilan Avstraliya va Osiyo bo‘ylab o‘tayotgan mavsumoldi turnesida ishtirok etmoqda. U klubning safar tarkibiga kiritilgan eng yosh futbolchilardan biri hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, Dastan Satpayev “Qayrat” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Chelsi” uning transferini 2025-yilda kelishib olgan, futbolchi esa 18 yoshga to‘lishi arafasida rasman London klubiga qo‘shildi. Yosh hujumchi Qozog‘iston milliy terma jamoasi safida ham debyut qilgan va mamlakat futbolining eng istiqbolli futbolchilaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting