locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Qozog‘istonda O‘zbekistondan kuchli ekanini ta’kidlashda davom etishmoqda

Futbol 12 iyn 2025 da 00:56
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Gazeta.uz

Belarus terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan qozog‘istonlik mutaxassis Farhat Janibekov yaqinda jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi haqida fikr bildirdi.

Undan O‘zbekistonning 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘l olishi haqidagi yangilikka munosabati so‘ralganda, Janibekov bu natijani mintaqaviy sharoitlar asosida baholash kerakligini aytdi.

— O‘zbekiston Osiyo zonasida ishtirok etadi, u yerdagi raqobat Evropanikidan farq qiladi, — dedi murabbiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Evropada futbol maktablari va infratuzilmasi deyarli har bir mamlakatda rivojlangan, shu bois raqobat darajasi yuqori. Shu nuqtai nazardan Janibekov Qozog‘iston va Belarus futbolini O‘zbekistonnikidan kuchliroq deb hisoblaydi.

Qizig‘i, u hatto Lyuksemburg kabi kichik mamlakatlarni misol sifatida keltirdi: — Masalan, Lyuksemburg — mayda davlat, biroq hozirda ularning terma jamoasi Evropada munosib o‘yin namoyish etyapti, — dedi mutaxassis. Uning fikricha, bu kabi misollar futbolda muvaffaqiyatga erishish faqat aholi soniga emas, to‘g‘ri boshqaruv va rivojlanishga bog‘liq ekanini ko‘rsatadi.

Farhat Janibekov Belarus va Qozog‘iston terma jamoalari kelgusida jahon chempionatiga yo‘llanma uchun kurasha olishidan umidvor ekanini ham bildirdi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting