Qozogʻiston Konferensiyalar ligasi finaliga mezbonlik qilish uchun ariza topshirdi
Shuningdek, Fransiya, Vengriya, Italiya va Polsha ham nomzodlar qatoridan oʻrin olgan.
FOTO: Getty Images
Qozogʻiston 2028 va 2029 yilgi Yevropa Konferensiyalar ligasi finalini oʻtkazish huquqi uchun rasmiy ariza topshirdi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, dastlabki taklifda Astana va Olmaota shaharlari mezbon sifatida koʻrsatilgan, biroq yakuniy tanlovda faqat bitta stadion arizaga kiritiladi.
Qayd etilishicha, 15 ta milliy futbol assotsiatsiyasi 2028 va 2029 yillardagi Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Konferensiyalar ligasi hamda Ayollar Chempionlar ligasi finallarini oʻtkazishga qiziqish bildirgan.
Maʼlumot uchun, Konferensiyalar ligasi finaliga mezbonlik qilish uchun Qozogʻistondan tashqari Fransiya, Vengriya, Italiya va Polsha ham nomzod sifatida ariza topshirgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist