«Qorabog‘» Chempionlar Ligasida tarixiy antirekord oʻrnatdi
Ozarbayjonning «Qorabog‘» jamoasi Chempionlar ligasining pley-off bosqichida Angliyaning «Nyukasl» klubiga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:9 (1:6, 2:3) hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu mag‘lubiyat klub uchun nafaqat turnir bilan xayrlashish, balki tarixiy antirekord bilan ham yodda qoladigan bo‘ldi.
Opta Sport statistik portalining xabar berishicha, «Qorabog‘» joriy mavsumda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqish borasida turnirning mutloq antirekordini o‘rnatdi. Umumiy bosqichdagi 8 ta o‘yin va pley-offdagi 2 ta bahs davomida ozarbayjonliklar jami 30 ta gol o‘tkazib yuborishdi.
Shu vaqtga qadar Chempionlar Ligasining bir mavsumida hech bir jamoa o‘z darvozasidan bunchalik ko‘p gol olib chiqmagan edi. Shu tariqa, «Qorabog‘» musobaqa tarixidagi eng yomon himoyalangan jamoaga aylandi.
Keyingi bosqichga yo‘l olgan «Nyukasl»ning 1/8 finaldagi raqibi esa «Chelsi» yoki «Barselona» jamoalaridan biri bo‘ladi.