«Qo‘qon-1912» yangi futbolchilarini tanishtirdi
Bugun 2-BOSMga qarashli stadionda “Qo‘qon-1912” jamoasi davralar oralig‘ida tarkibga kelib qo‘shilgan o‘yinchilarni tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Qo‘qon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov, jamoa bosh direktori Akramjon Mamadaliev, jamoa murabbiylari va boshqa rasmiy kishilar ishtirok etishdi.
Marosim avvalida shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov va "Qo‘qon-1912" klubi bosh direktori Akramjon Mamadaliev so‘zga chiqdi va jamoaning maqsadlari hamda rejalarini aytib o‘tishdi.
Shundan so‘ng jamoaga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar ommaga tanishtirildi. Azamat Soyibov, Abror Karimov, Shohruh Gadoev, Abdug‘afur Haydarov, Kleydi Datsi va Muhriddin Pazildinovga "Qo‘qon-1912" formasi topshirildi.
Yangi futbolchilar quyidagi raqamlarni tanlashdi.
Shohruh Gadoev - 10-raqam
Kleydi Datsi - 17-raqam
Abdug‘afur Haydarov - 78-raqam
Abror Karimov - 23-raqam
Muhriddin Pazildinov - 21-raqam
Azamat Soyibov - 26-raqam
Tadbirda jamoa muxlislari ham so‘zga chiqib, doimo “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan birga bo‘lishlarini ma’lum qilishdi.