locale OZ

Qo‘qon-1912 Turkiyadagi yig‘in davomida jami 5 ta uchrashuvda maydonga tushadi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qo‘qon-1912 Turkiyadagi yig‘in davomida jami 5 ta uchrashuvda maydonga tushadi
Фото: Қўқон-1912 ПФК

“Qo‘qon-1912” yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyaning Antalya shahrida mashg‘ulot olib bormoqda.

Mazkur yig‘in davomida Andrey Shipilov boshchiligidagi jamoa jami 5 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Dastlab “shunqor”lar Kosovoning “Vushtrriya” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin 28-yanvarga belgilangan.

Yig‘inning so‘nggi bahsi esa 13-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. O‘shanda jamoa Moldova chempionati vakili “Milsami” bilan to‘qnash keladi.

Shuningdek, jamoamiz Rossiyaning “Shinnik” va Qozog‘istonning “Kaspiy” klublariga qarshi ham o‘ynaydi. Ushbu bahslar 1 va 9-fevral kunlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Andrey Sergeevich shogirdlari 5-fevral kuni ham nazorat bahsida maydonga tushadi. Hozircha ushbu sanada raqib nomi ma’lum emas.

“Qo‘qon-1912” jamoasining o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblari va bahs sanalari bilan tanishing:

28.01.2026: “Qo‘qon-1912” – “Vushtrriya”
1.02.2026: “Qo‘qon-1912” – “Shinnik”
5.02.2026: “Qo‘qon-1912” – keyinroq ma’lum bo‘ladi
9.02.2026: “Qo‘qon-1912” – “Kaspiy”
13.02.2026: “Qo‘qon-1912” – “Milsami”.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting