locale OZ

«Qo‘qon-1912» – «Paxtakor». O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Uchrashuv soat 16:00da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. «Qo‘qon-1912» – «Paxtakor»
Фото: Пахтакор ПФК

"Paxtakor" Superliganing 28-turida Qo‘qonda "Qo‘qon-1912" mehmoni bo‘ladi.

"Qo‘qon-1912"ga qarshi chempionatlarda o‘tgan 35 bahsning 21tasida "Paxtakor" zafar quchgan. 8 o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, 6 marta raqib g‘alaba qozongan. Raqib darvozasini 92 marta ishg‘ol qilgan jamoamiz 48 gol o‘tkazib yuborgan.

Raqib mezbonlik qilgan uchrashuvlarda esa vaziyat shunday: 5 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va 7 durang. Safardagi o‘yinlarda jamoamiz 28 to‘p kiritib, 28 gol o‘tkazib yuborgan.

"Qo‘qon-1912" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bahs 8 noyabr, shanba kuni Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda soat 16:00da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting