«Qo'qon-1912» O‘FAning «Halol o'yin» mavzusidagi seminarida ishtirok etdi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Фото: Қўқон-1912 ПФК
Ma’lumki, har mavsum oldidan Superliga klublari uchun "Halol o'yin" mavzusida seminar o‘tkazib kelinadi.
O‘FA maxsus inspeksiyasi mutasaddilari odatdagidek, yangi mavsum oldidan Antaliyada qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan bosh jamoamiz a’zolari uchun onlayn tarzda seminar o‘tkazdi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan kelishilgan o‘yinlar va totalizatorda ishtirok etmaslik shartligi, aks holda buning oqibati yomon holatlarga olib kelishi atroflicha tushuntirib o‘tildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist