locale OZ

«Qo‘qon-1912» jamoasi muxlislari uchun Samarqandga bepul transport tashkil etiladi

O‘yin 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Qo‘qon-1912” jamoasi muxlislari uchun Samarqandga bepul transport tashkil etiladi
Фото: Қўқон-1912 ПФК

Xabaringiz bor, 21-noyabr kuni "Qo‘qon-1912" jamoasi Superliganing 29-turida "Dinamo" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 18:15 da Samarqanddagi "Dinamo" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Jamoamiz rahbariyati muxlislarimizga qulaylik yaratish maqsadida, ular osonlik bilan Samarqanddagi o‘yinga borib kelishlari uchun bepul 10 ta mikroavtobus tashkil qilmoqda.

"Mikroavtobuslar 21-noyabr kuni Qo‘qondagi "Markaziy" stadiondan soat 05:00 da harakatini boshlaydi. Joylar soni cheklanganligi sababli ushbu bahsga borishni istaganlar "Qo‘qon-1912" jamoasining muxlislar bilan ishlash rahbari Isroilov Qahramonjon bilan aloqaga chiqishlarini so‘rab qolamiz", - deyiladi xabarda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting