locale OZ

«Qo‘qon-1912» ikki nafar yetakchisi bilan yangi shartnoma imzoladi

Har ikki o'yinchi bilan 2 yillik bitim imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Qo‘qon-1912" ikki nafar yetakchisi bilan yangi shartnoma imzoladi
Фото: Қўқон-1912 ПФК

"Qo‘qon-1912" yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirmoqda.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qo‘qonliklar tayanch yarim himoyachi Iqbol Malikjonov va vinger Muhammadanas Hasanov bilan yangi 2 yillik shartnoma imzolagan.

Ma'lumot uchun, Hasanov o‘tgan mavsum jamoa safida Superliga bahslarida 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 4 ta assist mavjud.

Jamoa sardori Iqbol Malikjonov esa o‘tgan mavsum Superligada 26 ta bahsda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting