locale OZ

«Qo'qon-1912» hujumchisi Silvanus Nimeli Liberiya terma jamoasiga chaqirildi

Hujumchi yaqin kunlarda o'z terma jamoasi lageriga jo'nab ketadi.
«Qo'qon-1912» hujumchisi Silvanus Nimeli Liberiya terma jamoasiga chaqirildi
Фото: Қўқон-1912 ПФК

"Qo'qon-1912" klubi hujumchisi Silvanus Nimeli sentyabr va oktyabr oylaridagi FIFA kunlari doirasidagi uchrashuvlarda ishtirok etish uchun Liberiya milliy terma jamoasidan taklif oldi.

Hujumchi yaqin kunlarda o'z terma jamoasi lageriga jo'nab ketadi va xalqaro o'yinlarda mamlakat sharafini himoya qiladi.

Eslatib o'tamiz, Liberiya terma jamoasi sentyabr-oktyabr FIFA kunlari doirasida Afrika Millatlar kubogi saralash bahslari doirasida Ruanda va Mali terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, Afrika jamoasi Iordaniyaga qarshi Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting