«Qo'qon-1912». 2025-yil sarhisobi. Kim qancha gol urdi?
Yakunlangan mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasining 15 nafar futbolchisi o'z hisobiga hech bo'lmaganda bitta gol yozib qo'yishdi.
O'tgan mavsumda jamoa a'zolari jami 35 ta gol urishdi. Superliga va O'zbekiston kubogini birga olganda jamoamiz safidagi eng yaxshi to'purar Javohir Husanov bo'ldi.
24 yoshli yarim himoyachi jami 7 ta gol urdi va yana 3 ta golga assistlik qildi. Ikkinchi o'rinda esa jamoamizning mahoratli hujumchisi Shahzod Beshimov joy oldi.
Hujumchi jami 5 ta gol urdi va yana 3 ta golga assistlik qildi. Shuni ta'kidlash lozimki, Beshimov ikkinchi davrani jarohat sababli to'liq o'tkazib yubordi.
Kuchli uchlikdan bir yo'lla uch nafar futbolchimiz joy oldi. Ular - Muhammadanas Hasanov, Jasur Xolto'rayev va Kleydi Datsi. Ushbu futbolchilar yakunlangan mavsumda 3 tadan gol urishdi.
Barcha gol va assistlar egallari bilan tanishing:
Javohir Husanov 7 ta gol va 3 ta assist
Shahzod Beshimov 5 ta gol va 3 ta assist
Muhammadanas Hasanov 3 ta gol va 5 ta assist
Jasur Xolto'rayev 3 ta gol
Kleydi Datsi 3 ta gol
Yegor Kondratiuk 2 ta gol va 1 ta assist
Andro Giorgadze 2 ta gol
Abdug'ofur Haydarov 2 ta gol va 2 ta assist
Abror Karimov 2 ta gol
Shahzod Akramov 1 ta gol va 1 ta assist
Iqboljon Malikjonov 1 ta gol va 1 ta assist
Asliddin Toshtemirov 1 ta gol
Husniddin G'ofurov 1 ta gol
Bekjon Jo'raboyev 1 ta gol
Shohruh Gadoyev 1 ta gol va 1 ta assist
Alisher Salimov 1 ta assist
Zafar Hakimov 1 ta assist
Bahrom Abdurahimov 1 ta assist
Muhriddin Pazlidinov 1 ta assist