Qizlar terma jamoasi Taylandda boʻlib oʻtadigan \"AFC U-20 Women's Asian Cup Thailand 2026\" Osiyo kubogida ishtirok etadi
Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi joriy yilning aprel oyida Taylandda boʻlib oʻtadigan "AFC U-20 Women's Asian Cup Thailand 2026" Osiyo kubogida ishtirok etadi.
Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi a’zolari hamda murabbiylar shtabi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida oldinda turgan Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayoni, jamoaning musobaqadagi vazifalari va yaratilayotgan sharoitlar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida assotsiatsiya rahbariyati terma jamoani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishini ta’kidladi. Jamoaning musobaqaga puxta tayyorgarlik koʻrishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotgani hamda tayyorgarlik jarayoni doimiy nazoratda boʻlishi qayd etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi oldiga qoʻyilgan asosiy maqsadlar belgilab olinib, futbolchilarga Osiyo kubogida mamlakatimiz sha’nini munosib himoya etish borasida omad va muvaffaqiyatlar tilandi.
U-20 qizlar terma jamoamiz musobaqaga munosib tayyorgarlik koʻrish maqsadida bugun Vetnamning Xo Shi Min shahriga joʻnab ketadi. Jamoamiz 30 martga qadar o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etadi.