locale OZ

«Qizilqum»ning Turkiyadagi yig‘in doirasida uchrashadigan raqiblari aniq bo‘ldi

Klub tez orada Antaliyaga yo‘l oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Qizilqum»ning Turkiyadagi yig‘in doirasida uchrashadigan raqiblari aniq bo‘ldi
Фото: Қизилқум ПФК

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida “Qizilqum” Turkiyaning Antaliya shahrida xorij yig‘inida ishtirok etadi. Akmal Rustamov boshchiligidagi jamoa ushbu yig‘in davomida bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Qizilqum”ning o‘rtoqlik bahslaridagi dastlabki raqiblari allaqachon ma’lum bo‘ldi.

Navoiyliklar 24 yanvar kuni Rossiyaning “SKA Xabarovsk” klubiga qarshi maydonga tushadi. 27 yanvar kuni esa “Fakel” (Rossiya) bilan o‘yin o‘tkaziladi.

30 yanvar kuni “Qizilqum” Makedoniyaning “Tikvesh” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. 10 fevral kuni esa Chexiyaning “Prosteyov” klubi navoiyliklarning raqibi bo‘ladi.

3 va 6 fevral kunlariga belgilangan navbatdagi ikki uchrashuv bo‘yicha raqiblar keyinroq ma’lum qilinadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting