«Qizilqum» va «Sho‘rtan» o‘yinida durang qayd etildi
Photo: QIZILQUM PFK
Navoiyda Superliga 2-davrasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqum" va "Sho‘rtan" jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.
Murosasiz kechgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. Muhammadaziz Ibrohimov g‘uzorliklar safida hisobni ochdi. "Qizilqum" 90-daqiqada Asadbek Baxshilloyevning goli bilan javob qaytardi.
Bu o‘yinda har ikkala jamoa safida bir nechta ko‘rikda bo‘lib turgan futbolchilar maydonga tushdi.
Nazorat uchrashuvi, Navoiy
"Qizilqum" 1:1 "Sho‘rtan"
Gollar: Asadbek Baxshilloyev 90’ (1:1) — Muhammadaziz Ibrohimov 27' (0:1)
Bahrom Bobonov
Redaktor